Oʻzbekistonda xususiy maktablar soni 4,5 barobarga oshdi
Oʻzbekistonda 2024/2025 oʻquv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 10 ming 943 tani tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, ularining 455 tasini nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari tashkil etgan boʻlib, 2020/2021 oʻquv yiliga nisbatan ularning soni 4,5 barobarga koʻpaygan.
Hududlar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni quyidagicha:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 7 ta;
- Andijon viloyati — 32 ta;
- Buxoro viloyati — 27 ta;
- Jizzax viloyati — 8 ta;
- Qashqadaryo viloyati — 21 ta;
- Navoiy viloyati — 4 ta;
- Namangan viloyati — 28 ta;
- Samarqand viloyati — 38 ta;
- Surxondaryo viloyati — 4 ta;
- Sirdaryo viloyati — 12 ta;
- Toshkent viloyati — 25 ta;
- Fargʻona viloyati — 93 ta;
- Xorazm viloyati — 25 ta;
- Toshkent shahri — 131 ta.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2020/2021 oʻquv yili boshiga nisbatan 762 taga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring