O‘zbekistonda kartoshka narxi tushdi

19:44 15 Noyabr 2021 Iqtisodiyot
2489 0

Oʻzbekistonda soʻnggi bir yarim oy ichida birinchi marta kartoshka narxi arzonlashdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, oʻtgan hafta davomida ushbu mahsulotning oʻrtacha ulgurji narxlari 10 foizga arzonlashgan.
2021-yilning yanvar-sentabr oylarida 2021-yil hosili kartoshkasining oʻrtacha ulgurji narxlari dinamikasi oʻtgan yilgiga oʻxshash boʻldi. 

Bir hafta ichida, 2021-yil 14-oktabrdan 21-oktabrgacha ushbu mahsulotning oʻrtacha ulgurji narxlari 3500 soʻmdan 5000 soʻm/kg ga, yaʼni 43 foizga oshdi. Keyingi ikki haftada kartoshkaning oʻrtacha ulgurji narxlari bir xil darajada saqlanib qoldi.

2021-yil 21-oktabrda Oʻzbekiston parlamentining yuqori palatasi “Soliq kodeksiga bir qator mahsulotlar, jumladan, kartoshkani olib kirish va sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻini (QQS) bekor qilishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunni maʼqulladi. Mazkur hujjatga muvofiq, 2021-yil 10-oktabrdan 31-dekabrgacha yuqorida koʻrsatilgan tovarlarni olib kirish va sotish QQSdan ozod qilingan.

2021-yil 4-11-noyabr kunlari Oʻzbekistonda kartoshkaning oʻrtacha ulgurji narxlari 5000 soʻmdan 4500 soʻmga tushdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?