O’zbekistonda “KamAZ” ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi
Kecha poytaxtimizdagi “O’zekspomarkaz” milliy ko’rgazmalar majmuida “KamAZ” yuk avtomobillarining taqdimoti bo’lib o’tdi.
“O’zavtosanoat” aktsiyadorlik jamiyati hamda Rossiya Federatsiyasining “KamAZ” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda diplomatik korpus vakillari, mamlakatimizdagi vazirlik va idora rahbarlari, taalluqli korxonalar, ishbilarmonlar doiralar vakillari qatnashdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2017 yil 4-5 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi chog’ida turli sohalarda, xususan, avtotransport yo’nalishidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, mamlakatimizda Rossiyaning “KamAZ” kompaniyasi bilan birgalikda og’ir yuk tashishga mo’ljallangan yuk avtoulovlarini ishlab chiqarish bo’yicha kelishuvga erishilgan edi.
Mana, oradan ko’p vaqt o’tmay, Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan “UzAutoTrailer” korxonasida 11 turdagi “KamAZ” yuk avtomobilini yig’ish ishlari boshlandi. Ayni paytda bu erda tayyorlanayotgan yuk avtomobillari 10 tonnadan 36 tonnagacha yuk ko’tarish quvvatiga ega. Ularga o’rnatilayotgan dvigatellarning ot kuchi 240 dan 401 tagachini tashkil etib, EVRO-3, EVRO-4 hamda EVRO-5 ekologik standartlarga javob beradi.
— Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1500 tani tashkil etadi, — deydi “UzAutoTrailer” korxonasi bosh direktori Alisher Xadjiboev. — Joriy yilning birinchi choragida, ya’ni ilk bosqichda 100 ta ana shunday og’ir yuk ko’tarishga mo’ljallangan yuk mashinasi taqdim etildi. Bunday yuk avtomobillarga talab yuqoriligini inobatga olib, kelgusida bu ko’rsatkichni 3 mingtaga etkazish ko’zda tutilgan. Qolaversa, ushbu avtomobillarni nafaqat milliy bozorda, balki Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga ham eksport qilish rejalashtirilgan.
Taqdim etilgan “KamAZ” yuk avtomobillari orasida uning 5490-024-87 modeli ko’pchilikning e’tiborini tortdi. Mazkur yuk avtomobili EVRO-5 ekologik talablari va innovatsion koptseptsiyalar asosida ishlab chiqilgan bo’lib, “Daimler” dvigateli bilan jihozlangan. Salon dizayni, tormoz va yurish tizimi nemis avtokontserni mutaxassislari bilan hamkorlikda tayyorlangan.
— Bu loyiha O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi hamkorlikning bir qismi xolos. Albatta, hali oldimizga ulkan rejalarimiz bor, — deydi Rossiyaning “KamAZ” kompaniyasi bosh direktori Sergey Kogogin. Buning ikki davlatning imkoniyati ham, salohiyati ham yetarli.
Taqdimotda, shuningdek, jahon yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchilar orasida o’tkaziladigan xalqaro “Dakar” ralli-marafonining 15-karra g’olibi, “KamAZ-master” jamoasining afsonaviy sport yuk mashinasi ham namoyish qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring