Oʻzbekistonda yirik tijorat bankining yangi filiali ochilishi mumkin
Oʻzbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning “Malayan Banking Berhad” (“Maybank”) banki Prezidenti va bosh ijrochi direktori Xayrussalex Ramli bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda xalqaro reytinglar va standartlarga javob beradigan bank ekotizimi shakllanib borayotganligini inobatga olib, “Maybank”ning mamlakatimizda oʻz filialini tashkil etish va mahalliy yetakchi banklar bilan moliyaviy resurslar ajratish boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlik qilishda ulkan salohiyat mavjudligi taʼkidlandi.
Bosh ijrochi direktor Xayrussalex Ramli Oʻzbekiston banklari bilan islomiy bank sohasida oʻzaro tajriba almashishga va oʻz mutaxassislarini yurtimizga yuborishga tayyorligini maʼlum qilgan.
Shuningdek, “Maybank” rahbari, Oʻzbekistonda raqamli bank xizmatlari sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlari mavjudligini, bugungi kundagi raqamlashtirish texnologiyalari ikki tomonlama aloqalarni yoʻlga qoʻyish uchun qulay sharoitlar yaratishini aytib oʻtgan.
Uchrashuv yakunida bank va sugʻurta sohasida oʻzaro hamkorlikning yangi imkoniyatlarini oʻrganish va tegishli takliflarni ishlab chiqishga kelishib olindi, deyiladi xabarda.
“Malayan Banking Berhad” 1960-yilda singapurlik tadbirkor Xu Tek Puat tomonidan tashkil etilgan. Bank hozirgi vaqtda dunyoning 18 ta davlatida 2600 ga yaqin filial va tarmoqlarga ega. Ularda 43 mingda ziyod kishi faoliyat yuritadi.
Kompaniya aktivlar qiymati boʻyicha Malayziyada birinchi oʻrinda, Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari orasida toʻrtinchi pogʻonada turadi. Bugungi kunda bank kapitali 28 milliard AQSH dollarga baholanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring