Oʻzbekistonda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlantiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2025–2027-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra, qurilish va rekonstruksiya ishlariga qaratilgan davlat xaridlari boʻyicha yangi tartib va tizimlar joriy etiladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab, qurilish muddati uch oydan kam boʻlgan obyektlarga davlat byudjeti hisobidan obyekt qiymatining 30 foizini tashkil etuvchi avans mablagʻlari ajratiladi. Qolgan mablagʻlar belgilangan tartibda moliyalashtiriladi. Shuningdek, obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun turli markazlar vakolatli etib tayinlandi.
2025-yil 1-aprelgacha qurilishi yakunlangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonlari raqamlashtiriladi. Bu shaffoflikni taʼminlab, obyektlarni qabul qilish jarayonlarida inson omilini minimallashtirishga yordam beradi. Shuningdek, qurilish hujjatlarini yagona elektron katalogda saqlash hamda “Shaffof qurilish” axborot tizimiga joylashtirish ishlari rejalashtirilmoqda.
Qarorga koʻra, 2026-yilgacha loyiha hujjatlarining texnik va smeta qismlari turli organlar tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi. Bunday yondashuv narx va sifatiga boʻlgan nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi. BHMning 6 ming baravaridan ortiq loyihalar uchun maxsus kompleks ekspertizalar belgilanadi.
Mazkur chora-tadbirlar ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarining sifatini oshirish, qurilish jarayonini shaffoflashtirish va yuqori darajada tashkil qilishga qaratilgan. Qurilish sohasidagi mazkur islohotlar mamlakat infratuzilmasini yanada rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring