O‘zbekistonda ilk marta og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi

7-14 iyul kunlari Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, bugungi kungi holatga ko‘ra, musobaqada jahonning 50 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishi aniq bo‘lib ulgurgan. Ushbu raqam musobaqa boshlangangunga qadar yana oshishi mumkin.
Shuningdek, chempionat boshlanishi arafasida poytaxtimizdagi “International hotel” mehmonxonasida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining Ijroiya Qo‘mitasi yig‘ilishi va navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tadi. Unda tashkilot prezidenti Tomash Ayyan ham ishtirok etishi kutilmoqda. Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga esa “O‘zbekiston” sport majmuasi mezbonlik qiladi.
O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimiz ro‘yxatini taqdim etdi. Unga ko‘ra, atletlarimiz jahon chempionatida quyidagi tarkibda qatnashadilar:
O‘g‘il bolalar:
-62 kg: Muhammadali Kahramonov
-69 kg: Adhamjon Ergashev
-69 kg: Hakimjon Shamsiddinov
-77 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-77 kg: G‘ayrat Aytmuratov
-85 kg: Zaynobiddin Mahamadaminov
-94 kg: Azimjon Xojiyev
-105 kg: Akbar Jo‘rayev,
-105 kg: Saidmuxtor Saidahrorov
+105 kg: Shaxmerdan Kemalov.
Qizlar:
-48 kg: Zuhra Otajonova
-58 kg: Sayyora Yesbergenova
-63 kg: Kumushxon Fayzullayeva
-69 kg: Zarnigor Abduraxmonova
-69 kg: Layloxon Xursanova
-69 kg: Rambergenova Bazargul
-75 kg: Gulnoza Ahmadova
-75 kg: Tursunoy Jabborova
-90 kg: Dolera Davronova
-90 kg: Shodmonoy Ochilova.
Terma jamoamiz a’zolari ayni paytda musobaqaga tayyorgarlik olib bormoqda. Qizlar terma jamoasi tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini 13 iyun – 4 iyul kunlari Qozog‘istonda o‘tkazsa, erkaklar terma jamoasi esa 17 iyun – 8 iyul kunlari Rossiyada tashkil qiladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, 2013 yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati ham Toshkentda o‘tkazilgandi. Unda dunyoning 17 yoshgacha bo‘lgan polvonlar g‘oliblik uchun kurash olib borishgan. 20 yoshgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga esa O‘zbekiston poytaxti birinchi marta mezbonlik qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring