Oʻzbekistonda ilk xalqaro inklyuziv sanʼat forumi oʻtkazilmoqda

23:41 06 Sentyabr 2023 Madaniyat
1033 0

Alisher Usmonovning “Sanʼat, fan va sport” xayriya jamgʻarmasi Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan hamkorlikda inklyuziv soha bilan mashgʻul boʻlgan barcha mutaxassislar hamda ijtimoiy va madaniy muassasalar vakillari uchun Toshkentda Ilk barcha uchun ochiq va barobar sanʼat anjumanini tashkil etadi.

Tadbirlar dasturi ikki qismdan iborat: 7–8-sentabr kunlari Xalqaro anjumanlar saroyida inklyuzivlik boʻyicha yetakchi rossiyalik mutaxassislarning amaliy mashgʻulot va mahorat darslari, 9–10-sentabr kunlari esa Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatrida oʻzbek va rus tillarida imo-ishora tili va tiflosharhlashdan foydalangan holda inklyuziv sahna namoyishlari boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?