Oʻzbekistonda ikki vaksina davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
Oʻzbekiston hukumati “Jurabek Laboratories” kompaniyasida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001 va “Sputnik V” vaksinalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishga rozilik berdi. Bu haqda Telegramʻdagi “Vaksinauz” kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, bosh vazir Abdulla Aripov 20-avgust kuni Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat barqarorligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimchcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga imzo chekkan.
Hujjatda “Jurabek Laboratories” kompaniyasi “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” Xitoy kompaniyasi bilan ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasini Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvga erishgani qayd etilgan. Dastlabki bosqichda xitoylik hamkorlar vaksina substansiyasini yetkazib berish masalasini koʻrib chiqayotgani aytilgan.
Shuningdek, kompaniya Rossiya kompaniyasi bilan “Sputnik V” vaksinasini Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha kelishuvga ham erishgan. Uning ham dastlabki bosqichda substansiyasi Rossiya tomonidan yetkazib berilishi maʼlum qilingan.
Taʼkidlanishicha, istisno tariqasida ishlab chiqarish jarayonlariga doir teznik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, vaksinalarni substansiyalari va “in bulk” ishlab chiqaruvchilarining klinik oldi va klinik tadqiqotlari ijobiy xulosalarini tan olinmoqda.
Shu bilan birga, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKga kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan vaksinalarning laboratoriya sinovlari va roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlari ekspertizasi besh ish kunida amalga oshirishni taʼminlash vazifasi yuklatilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring