Oʻzbekistonda III Xalqaro Naqshbandiya turizm festivali oʻtkaziladi
Joriy yilning 22–28-fevral kunlari Oʻzbekistonning bir qancha hududlarida, xususan, Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlarida «III Xalqaro Naqshbandiya turizm festivali» boʻlib oʻtadi.
Tadbirda Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Avstraliya va AQSH kabi davlatlardan oʻz sohasining mutaxassislari ishtirok etadi. Xususan, 18 ta davlatdan 100 dan ortiq jahonga mashhur olimlar, din ulamolari, fan va jamoat arboblari hamda turizm soha vakillari ishtikor etadi.
Festival davomida bir qator qadamjolar ziyorat qilinadi. Xususan, festival ishtirokchilari Samarqanddagi «Imom Buxoriy» majmuasi va «Imom Buxoriy» xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurishadi.
Bundan tashqari, Samarqandda «Imom al-Moturidiy» qadamjosi hamda «Registon» majmuasini ham ziyorat qilish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, tadbir doirasida «Shohi Zinda» va «Xoʻja Ahror Valiy» ziyoratgohlari, «Goʻri Amir» majmuasi, «Ruxabod» masjidi, «Bibixonim» masjidi va «Siyob» bozoriga ham tashrif buyuriladi.
Taʼkidlash joizki, Buxoroda festival davomida «Labi hovuz», «Mir Arab» madrasasi, «Ark» majmuasi, «Bolo hovuz», «Sayfiddin Boxarziy», «Xoja Hafz Kabir» qadamjolari, «Bahouddin Naqshband» majmuasi va boshqa maskanlar ham ziyorat qilinadi. Qolaversa, Bahouddin Naqshbandning ilmiy merosiga bagʻishlab «Naqshbandiya oʻgitlari» konferensiyasi tashkil etiladi.
Oʻz navbatida Toshkentda «Hazrati Imom» majmuasi, Islom sivilizatsiya markazi hamda boshqa qadamjolarga tashrif buyurish rejalashtirilgan.
Qayd etish joizki, bu kabi tadbirlar yurtimizda ziyorat turizmi rivojiga katta hissa qoʻshishi, Oʻzbekistonga ziyorat maqsadida kelayotgan turistlar sonini oshirishi shubhasiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring