Oʻzbekistonda havo harorati 15 darajagacha sovib ketishi prognoz qilinmoqda

Foto: Fazliddin Abilov, “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” xizmati Oʻzbekiston boʻyicha 2024-yil 29-yanvar — 2-fevral kunlariga ob-havo prognozini taqdim etdi.
Unga koʻra, bugun 29-yanvar kuni Oʻzbekiston hududi nam va nisbatan sovuq havo massalari taʼsiri ostida boʻladi, respublika boʻyicha asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik kuzatiladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda esa baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi havo harorati oldingi kunga nisbatan pasayadi va 2-7 daraja iliqdan yuqori boʻlmaydi, respublika shimolida 3-5 daraja sovuq boʻladi.
Ertaga, 30-yanvar kuni respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik jadalligi va ehtimoli kamayadi. Koʻpchilik viloyatlarda baʼzi joylarda qor koʻrinishidagi biroz yogʻingarchilik, sharqiy hududlarda esa (Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida) asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Faqat respublikaning janubida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqni, kunduzi 2-7 daraja iliqni, shimolda kechasi 8-13 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi.
31-yanvar — 1-fevralda respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda kechalari 10-15 daraja sovuq, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq atrofida boʻladi.
Ushbu ish haftasi davomida respublika boʻyicha baʼzi joylarda tuman hodisalari kuzatiladi.
29-yanvardan 31-yanvargacha Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.
Poytaxtda bugun, 29-yanvar kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi 5-7 daraja iliqni tashkil etadi.
Seshanba va chorshanba kunlari biroz yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanadi) boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Havo harorati 30-yanvarda kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 4-6 daraja iliq, 31-yanvarda kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq boʻladi.
1-fevralda asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 1-3 daraja sovuqni, kunduzi 3-5 daraja iliqni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring