Oʻzbekistonda har ikki yilda bir marta Xalqaro kulolchilik forumi oʻtkaziladi

“Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari koʻrgazma-savdosi (Forum) oʻtkaziladi.
Dastlabki Forum 2022-yil sentyabr oyida Fargʻona viloyatining Rishton tumanida II Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladigan kunlari tashkil etiladi.
Forum Tashkiliy qoʻmita tomonidan Prezident Administratsiyasi bilan kelishilgan holda kelgusida bosqichma-bosqich respublikaning boshqa hududlarida oʻtkazilishi mumkin.
Qarorga koʻra, 2022-yil 1-martgacha Forum rasmiy veb-sayti ishga tushiriladi, jumladan unda hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovgʻalari sotuvi tashkil etiladi.
Shunga koʻra, mazkur veb-sayti orqali hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovgʻalari sotilganda 2024-yil 1-oktyabrgacha davlat xaridlarini amalga oshirishda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi.
Xorijga olib chiqib ketish uchun badiiy ekspertizadan oʻtkazilishi talab etiladigan hunarmandchilik mahsulotlari va boshqa esdalik sovgʻalari ular sotib olingan kunda tadbirlar oʻtkazilayotgan joyning oʻzida toʻlov undirilmasdan badiiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring