Oʻzbekistonda ham mahkumlarni nazorat qilishda foydalaniluvchi elektron brasletlar ishlab chiqarilmoqda

Hozirda elektron brasletlar va dasturiy taʼminot ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Kriminologiya tadqiqot instituti boshligʻi polkovnik, yuridik fanlar doktori Baxtiyor Berdialiyev maʼlum qilgan.
Berdialiyevning soʻzlariga koʻra, Kriminologiya institutida bajarilgan ilmiy-tadqiqot loyihasi natijasida uy qamogʻi ehtiyot chorasi va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni masofaviy nazorat qilishga moʻljallangan metodika, elektron braslet qurilmasi va dasturiy taʼminot ishlab chiqilib, intellektual mulk obyekti hujjatini olish, elektron brasletni ishlab chiqarish va tijoratlashtirish boʻyicha kompleks choralar amalga oshirilmoqda.
U, shuningdek, institutning xalqaro hamkorlik aloqalari, jumladan, Turkiya, Germaniya, Koreya, Vengriya kabi davlatlardagi shunday tuzilmalar bilan hamkorlik oʻrnatilganini taʼkidladi.
Xususan, Turkiya tajribasi asosida “Manzil koloniyalarda erkin harakatlanadigan va atrofi ochiq joylarda foydali mehnatga jalb etilgan mahkumlarni masofaviy nazorat qilish tizimi” ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari ishlab chiqilgan. Ishchi guruhlar shakllantirilib, tadqiqot faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Taʼkidlash joiz, joriy yilning avgustida “Probatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan va unda probatsiya nazoratidagi shaxsga nisbatan elektron braslet qoʻllanilishi belgilab qoʻyilgan edi.
Qonunga koʻra, shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish mazkur shaxsning yashash joyidagi tuman (shahar) probatsiya boʻlinmasining xodimi tomonidan probatsiyaga oid axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring