Oʻzbekistonda gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etildi
Gulchilik va koʻchatchilik sohalari rivojlantiriladi. Tegishli qarorni Shavkat Mirziyoyev imzoladi. Hujjatga koʻra:
➖ Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etilmoqda. Uning faoliyatini tashkil etish, malakali mutaxassislarni jalb qilish hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 20 mlrd soʻm ajratilmoqda;
➖ Andijon viloyatining Andijon, Izboskan va Oltinkoʻl tumanlari, Namangan viloyatining Namangan va Davlatobod tumanlari, Jizzax viloyatining Zomin va Gʻallaorol tumanlari gulchilikka ixtisoslashtirilmoqda;
➖ Gulchilik sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash maqsadida:
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi OTMlarida Gulchilik magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Manzarali bogʻdorchilik va koʻkalamzorlashtirish bakalavriat taʼlim yoʻnalishining oʻquv rejasiga gulchilikka oid mutaxassislik fanlari kiritiladi va ularning oʻquv soatlari oshiriladi;
➖ gul eksporti bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining gul koʻchatlari, urugʻlari, piyozlari va payvandtaglari importi uchun sarflagan transport xarajatlarining 50 foizi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplanadi;
➖ 2023-yil 1-yanvarga qadar respublika hududiga olib kirilayotgan tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya hamda boshqa tirik oʻsimliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parxishiga nisbatan bojxona bojining “nol” stavkasi belgilanmoqda;
➖ gulchilik sohasida ilm-fanni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan grantlar ajratish tizimi joriy etiladi;
➖ Toshkent va Namangan shaharlarida yirik ulgurji gul bozori tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring