Oʻzbekistonda futbol sohasi raqamlashtiriladi

17:10 25 Avgust 2025 Sport
329 0

“Oʻzbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–262-son, 21.08.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • moddiy-texnik bazani xalqaro talablarga moslashtirish va futbol maydonlarini koʻpaytirish orqali futbol bilan muntazam shugʻullanuvchilar sonini oshirish;
  • iqtidorli futbolchilarni saralab olish, ularni professional futbolchi sifatida tayyorlash tizimini toʻliq raqamlashtirish.

Shuningdek, “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimi ham yaratiladi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida futbol akademiya va maktablarining oʻquv mashgʻulotlarini onlayn kuzatish, futbolchilar seleksiyasi hamda tibbiy va jismoniy koʻrsatkichlarini monitoring qilish mazkur axborot tizimi orqali amalga oshirilishi belgilangan.

2026-yil 1-martdan futbol oʻyinlariga chiptalarni xarid qilish shaxsni identifikatsiya qilish hamda matritsali shtrix-kod (QR kod) texnologiyalarini qoʻllashni nazarda tutuvchi maxsus onlayn axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?