Oʻzbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi
Oʻzbekiston futbol assosiatsiyasi (OʻFA) tomonidan Hakamlar akademiyasi ochildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qildi.
Taʼlim muassasasida respublika va xalqaro turnirlar uchun hakamlar tayyorlanadi. Akademiyada taʼlim xalqaro standartlarga muvofiq oltita modulda olib boriladi.
1-modulda 6–12-may kunlari amaliy mashgʻulotlar orqali saralab olingan 25 nafar hakamlar ishtirok etadi. Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan hakamlar “Birinchi liga”, “Proliga”, “Superliga” va OFK tasnifidagi turnirlarni boshqarish uchun tavsiya etiladi.
OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ushbu loyiha nafaqat yurtimizda, balki mintaqada ham futbol hakamligining taraqqiyotida muhim oʻrin egallashini taʼkidladi.
“Futbol hakami har bir qoida, har bir tafsilotni mukammal bilishi, doimo oʻz ustida ishlashi zarur”, dedi Ravshan Ermatov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring