Oʻzbekistonda “Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovi oʻtkaziladi

11:05 13 Fevral 2026 Hujjatlar
232 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonda “Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovi oʻtkaziladi. Bu haqda Prezidentning “Startaplarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (PQ–59-son, 11.02.2026-y.) qarorida keltirilgan.

Qarorga koʻra, 2026-yildan har yili startap loyihaga aylantirish salohiyati yuqori boʻlgan gʻoyalarni aniqlash boʻyicha “Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovi oʻtkaziladi.

Tanlov davlat oliy taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladi va gʻoliblarga 100 mln soʻm grant beriladi. Respublika bosqichi 10 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi, mukofot jamgʻarmasi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 10 mlrd soʻm etib belgilanadi.

2026-yil 1-sentyabrdan oliy taʼlim tashkilotlarida “Oliygohlar – startaplar generatori” dasturi amalga oshiriladi. Bunda:

• oliy taʼlim tashkilotlarida IT-park va venchur jamgʻarmalar bilan hamkorlikda talabalar akseleratorlari joriy etiladi;

• talabalar uchun nufuzli xalqaro akseleratorlar va universitetlar bilan stajirovka va almashinuv dasturlari yoʻlga qoʻyiladi;

• oliy taʼlim tashkilotlariga talabalar va ilmiy xodimlarning istiqbolli startap loyihalariga inkubatsiya markazlari va talabalar akseleratorlari orqali har bir loyihaga 20 ming AQSH dollarigacha ekvivalentda oʻz mablagʻlarini investitsiya qilish huquqi beriladi;

• talabalar akseleratorlarida “startap menejer” va “startap treker” lavozimlari koʻzda tutiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер