Oʻzbekistonda “chempion” tadbirkorlar roʻyxati tuziladi
Prezidentning tegishli farmoni bilan “chempion” tadbirkorlarga aylantiriladigan tashkilotlar roʻyxatini shakllantirish tartibi belgilandi.
Unga tuman va shahar darajasida har bir tuman (shahar)da kamida 2 tadan yillik aylanmasi 10 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan va 50 tadan ortiq ish oʻrni yaratgan tadbirkorlik subyektlari kiritilishi belgilandi.
Bundan tashqari, roʻyxatga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududlar boʻyicha kamida 5 tadan yillik aylanmasi 100 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan va 500 tadan ortiq ish oʻrni yaratgan tadbirkorlik subyektlari hamda respublika darajasida yillik aylanmasi 1 trillion soʻmdan yuqori boʻlgan va 5 mingdan ortiq ish oʻrnini yaratgan biznes tuzilmalari kiritiladi.
Shuningdek, farmonda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2025-yil 1-iyulga qadar yuridik shaxslarga onlayn rejimda mikrokredit ajratish jarayonlarini soddalashtirish va ularni tezkor tasdiqlash mexanizmlarini shakllantirish hamda kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida Ijtimoiy himoya yagona reyestrida turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan taʼminlagan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlariga ushbu fuqarolar uchun tashkil qilingan har bir ish oʻrniga qoʻshimcha ravishda 10 million soʻmdan 10 va undan koʻp odamni ish bilan taʼminlagan subyektlarga 100 million soʻmgacha 3-yilgacha muddatga yillik 14 foiz stavkada aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kredit ajratish amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring