Oʻzbekistonda ayollar soni qariyb 19 mln nafarga yetdi
2026-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda ayollar soni 18 979,0 ming nafarni tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Ayollar sonini hududlar kesimida hisoblaganda eng katta koʻrsatkich Samarqand viloyatida qayd etilib, hududda 2 172,4 ming nafar ayollar istiqomat qilmoqda. 2 091,2 ming nafar koʻrsatkich bilan Fargʻona viloyati Ikkinchi oʻrinda, Qashqadaryo viloyati esa 1 831,6 ming nafar ayollar bilan uchinchi pogʻonadan joy olgan.
Shuningdek, joriy yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Andijon viloyatida 1 737,4 ming nafar, Toshkent shahrida 1 616,9 ming nafar, Toshkent viloyatida 1 574,3 ming nafar, Namangan viloyatida 1 568,5 ming nafar, Surxondaryo viloyatida 1 486,6 ming nafar, Buxoro viloyatida 1 050,4 ming nafar, Xorazm viloyatida 1 032,3 ming nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 021,7 ming nafar, Jizzax viloyatida 776,0 ming nafar, Navoiy viloyatida 548,7 ming nafar hamda Sirdaryo viloyati 471,0 ming nafar ayollar istiqomat qilmoqda.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ayollar doimiy aholi sonining 49,6 foizini tashkil etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring