O‘zbekistonda ayollar ko‘pmi yoki erkaklar?

14:31 14 Oktyabr 2021 Jamiyat
797 0

O‘zbekistonda ayollar ko‘pmi yoki erkaklar? Bu savolga Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmatining rasmiy kanali orqali maʼlumot berildi.

O‘zbekistonda ayollar ko‘pmi yoki erkaklar? degan savolga deyarli barcha ayollar ko‘p deb javob berishadi. Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bir yigitga nechtadir qiz to‘g‘ri keladi deb izohlar qoldirishdi. Lekin ishoning rostanam erkaklar soni ko‘p. Oxirgi yillarda o‘g‘il bolalar tug‘ilishi ko‘paygan. Aynan shuning hisobiga respublikamizda ayollar soniga nisbatan erkaklar soni oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 oktyabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 35 079 190 kishini tashkil etmoqda.

AYOLLAR SONI – 17 432 730 nafar

ERKAKLAR SONI – 17 646 460 nafar

Erkaklar soni ayollarga qaraganda 213 730 nafarga ko‘p.

Ayol rahbarlar boshqaruvida 36 295 ta kichik korxona va mikrofirmalar mavjud.

Iqtisodiyot tarmoqlarida 5,5 mln. nafar ayollar ishlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер