Oʻzbekistonda avtoraqamlar sotuvi uch barobarga oʻsdi
Oʻzbekistonda avtoraqamlarning sotuvi soni va hajmi boʻyicha uch barobarga oʻsdi. Bu haqda Respublika tovar-xom ashyo birjasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2024-yilning birinchi yarmida avtoraqam.uzex.uz savdo tizimida 426,2 milliard soʻmlik 104,9 mingdan ortiq avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotildi. Sotilgan avtoraqamlarning 97 foizi jismoniy shaxslarga va qolgan 3 foizi yuridik shaxslarga toʻgʻri kelgan.
Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi — 1,7 million soʻmni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 517,1 million soʻmni tashkil qildi.
Spotʻga koʻra, eng qimmat “chiroyli” avtoraqamni Toshkent shahridan yuridik shaxs sotib olgan. Boshlangʻich narx bilan solishtirganda, avtoraqam belgilarining narxi ikki-uch barobarga oshgan. Ikkinchi oʻrinda 10-iyul kuni 508 million soʻmga sotilgan “chiroyli” avtoraqam turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring