Oʻzbekistonda aviatsiya yonilgʻisi ishlab chiqarilishi mumkin
2-aprel kuni Samarqandda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov “Air Products and Chemicals Inc” bosh ijrochi direktori Eduardo Menezes bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalarini muhokama qildilar. 2019-yildan buyon kompaniya mamlakatimizda qiymati 1,15 milliard dollarlik uchta yirik loyihani amalga oshirdi. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida vodorod va “Navoiyazot” AJda suyuq karbonat angidrid gazini ishlab chiqarish shular jumlasidandir.
Hozirda Buxoroda 200 million dollarlik kislorod va azot ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, uglerodni saqlash, aviatsiya yonilgʻisi ishlab chiqarish va koʻmirni gazlashtirish boʻyicha yangi tashabbuslar koʻrib chiqilmoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga oʻzaro tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring