Oʻzbekistonda 60 mingdan ortiq oʻqituvchi 10-12 mln soʻm maosh olayotgani aytildi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida taʼlim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi.
“Iqtisodiyot rivojlanishi, yurtimiz va farzandlarimiz kelajagi faqat va faqat taʼlim va muallimga bogʻliq. Sizlar bilan ish boshlagan birinchi kundan aytaman: taʼlim, taʼlim, taʼlim, muallim, muallim, muallim”, dedi davlatimiz rahbari.
Oʻqituvchiga munosib sharoit yaratish, bogʻcha, maktab qurish, jihozlash, chetdan mutaxassis olib kelish, zamonaviy darslik va oʻquv dasturlarini joriy qilish boʻyicha juda koʻp sharoitlar yaratilgani va bu yana davom ettirilishi taʼkidlandi.
“Lekin har bir tuman, viloyat hokimi, biz farzandlarimizni ishonib topshirgan bogʻcha, maktab, texnikum, oliygoh rahbarlari bir haqiqatni aniq bilishi zarur.
Odamlarimiz yaxshi yashashi uchun iqtisodiyotimiz kuchli boʻlishi kerak! Buning uchun yangi tovar, yangi xizmat, yangi texnologiya kerak! Sifatli taʼlim tizimi orqaligina bularga erisha olamiz! Boshqa yoʻlimiz yoʻq!
Shu haqiqatni anglab, har kuni oʻzini qiynab ishlagan rahbarning tumanida, bogʻchasi, maktabi, texnikumi, oliygohida albatta oʻzgarish va natija boʻladi!”, dedi Prezident.
Yigʻilishda jalb qilinayotgan investitsiyalarga, yangi ochilayotgan korxonalarga yarasha munosib kadr ham tayyorlanishi lozimligi qayd etildi.
Oʻtgan davrda oʻqituvchilarning oyligiga qoʻshimcha 10 dan ziyod ustamalar joriy qilindi.
“Eʼtibor bering, bugun oʻz ustida ishlagan 60 mingdan ortiq oʻqituvchi 10-12 million soʻm maosh olyapti. Bu qachon boʻlgan?” dedi Prezident.
Joriy oydan boshlab maktab direktorlari, bogʻcha mudiralari va ularning oʻrinbosarlari oyligi ham 10 million soʻmdan oshdi. Yangi baholash tizimiga oʻtgan 1,5 ming maktabning 300 tasi ijobiy natija koʻrsatgani uchun butun jamoasi 40 foizgacha ustama oladi.
“Men xalqimizga vaqti kelib oʻqituvchilarning maoshini ming dollarga yetkazamiz degan gaplarim mana uch yil ichida haqiqatga aylandi”, dedi davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring