Oʻzbekistonda 60 ming kishi qatnashadigan ommaviy yugurish musobaqasi oʻtkaziladi
23-iyun kuni Oʻzbekistonning 16 shahrida Xalqaro Olimpiya kuni, Bolalarni himoya qilish kuni va Yoshlar kuniga bagʻishlangan «BYD Yangi Nafas» anʼanaviy ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi. Shuningdek, Toshkentda oliy harbiy oʻquv muassasalari bitiruvchilari ishtirokida ham «Vatan qalqoni» harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi ham oʻtkaziladi.
«BYD Yangi nafas» va «Vatan qalqoni» ommaviy yugurish musobaqalarida maktab oʻquvchilari, talabalar, sayyohlar, tadbirkorlik va davlat tuzilmalari vakillari, harbiy xizmatchilar, jamoat arboblaridan iborat 60 mingga yaqin kishi ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
Anʼanaviy ommaviy yugurish musobaqasi masofasi 3 kilometr boʻlib, Andijon, Namangan, Fargʻona, Nurafshon, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Qarshi, Buxoro, Qorovulbozor, Gʻuzor, Urganch va Nukus shaharlarining markaziy koʻchalari boʻylab oʻtadi.
Toshkentda poyga starti «Yangi Oʻzbekiston» bogʻida beriladi. Barcha ommaviy yugurish musobaqalari bir vaqtning oʻzida ertalab soat 07:00 da boshlanadi. Hozircha tashkilotchilar sovrinlarni eʼlon qilmagan.
Qayd etish lozimki, tadbir «Oʻzbekneftgaz» AJ va Oʻzbekiston Yengil atletika federatsiyasi tashkiliy koʻmagida oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring