Oʻzbekistonda 6 yoshli bolalar uchun tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan “Bolalar texnoparki” tashkil etilishi mumkin
Maktabgacha taʼlim vazirligi vakillari va Rossiya davlat kimyo-texnologiyalar universitetining prorektori boshchiligidagi delegatsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot chogʻida taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot almashildi, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida oʻzaro anglashuv memorandumi va Oʻzbekistonda 6 yoshli bolalar uchun tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan “Bolalar texnoparki”ni tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” imzolandi.
Bolalar texnoparki bolalarning erta yoshdan tabiiy fanlar, shuningdek, fizika, kimyo, biologiya va ekologiya sohalari boʻyicha boshlangʻich bilimlarini egallash imkoniyatiga ega boʻlgan taʼlim loyihasiga aylanishi koʻzda tutilgan. Mazkur loyiha mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring