Oʻzbekistonda 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi
Mamlakatimizda 4 ta quyosh fotoelektr stansiyalari qurilishi evaziga atmosferaga tashlanmalar sezilarli darajada kamayadi.
2023-yilning yakuniga qadar umumiy quvvati 1 096,6 MVt boʻlgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi.
Xususan, Jizzax va Samarqand viloyatlarida har birining quvvati 220 MVt boʻlgan 2 ta hamda Surxondaryo viloyatida quvvati 456,6 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi. Shuningdek, Navoiy viloyatida quvvati 200 MVt boʻlgan yana bitta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilishi nazarda tutilmoqda.
Maʼlumki, 2021-yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida respublikadagi birinchi 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilib, buning natijasida yiliga 80 mln metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinishi evaziga atmosferaga 160 ming tonnaga yaqin bugʻ gazlari tashlanishining oldi olinmoqda.
Taʼkidlash joizki, respublikada yiliga qariyb 1,0 mln tonna tashlanmalar turgʻun manbalardan atmosferaga tashlanib, umumiy tashlanmalarning 20 foizdan ortigʻi energetika sohasiga toʻgʻri keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring