Oʻzbekistonda 230 mingga yaqin tadbirkor ayollar sinfi shakllandi

14:28 06 Mart 2026 Siyosat
184 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda yurtimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatini taʼminlash, muammolarini hal qilish boʻyicha mutlaqo yangi tizim yaratilgani taʼkidlandi.

Barcha qonun, farmon va qarorlarni qabul qilishda gender masalasi boʻyicha huquqiy mexanizmlar joriy etildi. Endi xotin-qizlarning huquq va manfaatlariga taʼsiri baholanmay turib, birorta qonun qabul qilinmaydi.

Yaratilgan keng imkoniyat va sharoitlar hisobiga 230 mingga yaqin tadbirkor ayollar sinfi shakllandi, mirishkor fermer ayollarimiz 12 ming nafardan oshdi. Ilm-fan rivojiga ulkan hissa qoʻshayotgan olimalarimiz 6 ming nafardan oshdi. Oʻtgan yili dunyo arenalarida shijoatli qizlarimiz 167 ta oltin, 193 ta kumush, 243 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Xotin-qizlarimiz hayotidagi ana shunday katta oʻzgarishlar dunyo hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Parlamentlararo ittifoqning “Parlamentdagi ayollar” reytingida 92 pogʻona yuqorilab, 36-oʻrinni egalladi. “Gender tenglik va boshqaruv” indeksida 103-oʻrindan 52-oʻringa koʻtarildi. Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida esa oʻz pozitsiyasini 43 pogʻonaga yaxshilab, 48-oʻringa chiqdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер