Oʻzbekistonda 1 kvadrat kilometrga oʻrtacha qancha kishi yashashi maʼlum boʻldi (+xarita)
2024-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida aholining umumiy zichligi 1 kvadrat kilometrga oʻrtacha 83,2 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, hududlar boʻyicha esa aholi zichligi sezilarli darajada farq qiladi. Aholi zichligi yuqori boʻlgan hududlar asosan urbanizatsiya darajasi yuqori boʻlgan viloyatlardir.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati eng yuqori aholi zichligiga ega boʻlib, bu yerda har kvadrat kilometrga 801,3 kishi toʻgʻri keladi. Fargʻona va Namangan viloyatlari ham yuqori zichlik koʻrsatkichlariga ega boʻlib, mos ravishda 610 va 418,7 kishini tashkil qiladi. Bu viloyatlardagi yuqori aholi zichligi ularning mehnat resurslariga boy ekanini koʻrsatmoqda.

Aholi zichligi eng past boʻlgan hududlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Navoiy viloyati boʻlib, u yerda har kvadrat kilometrga mos ravishda 12,1 va 9,8 kishi toʻgʻri keladi. Bu hududlarning tabiiy sharoiti va infratuzilma imkoniyatlari pastroq ekanini anglatadi. Shuningdek, ushbu hududlarda iqtisodiy faoliyat koʻlami ham cheklangan boʻlishi mumkin.
Toshkent shahri eng yuqori aholi zichligiga ega boʻlgan hududlardan biri boʻlib, bu yerda har kvadrat kilometrga 6 909,6 kishi toʻgʻri keladi. Bu esa poytaxtda urbanizatsiya darajasining yuqoriligini koʻrsatadi. Aholi zichligi boʻyicha Toshkentning boshqa hududlardan ajralib turishi iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarning kengayishiga sabab boʻlmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring