Oʻzbekiston—Belarus parlamentlararo hamkorligi muhokama qilindi

18:35 30 Noyabr 2023 Siyosat
139 0

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo hamkorlik boʻyicha II Global forum doirasida Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi raisi oʻrinbosari Valeriy Belskiy bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston va Belarus munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, xususan, parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, hududlar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatlarimiz biznes doiralari, ayniqsa, ishbilarmon xotin-qizlar oʻrtasida bugun oʻzaro manfaatli loyihalar amalga oshirilayotgani, bunda tadbirkor ayollar biznes-forumi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash boʻyicha yangi takliflarni muhokama qilish va ishlab chiqish uchun samarali maydonga aylangani alohida taʼkidlandi.

Oliy darajada erishilgan iqtisodiyot, savdo va sanoat sohalaridagi kelishuvlar ijrosi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish bilan birga ularni huquqiy jihatdan taʼminlashda saʼy-harakatlarni birlashtirish lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida xalqaro parlament tuzilmalari doirasida bundan keyin ham tomonlarning tashabbuslarini oʻzaro qoʻllab-quvvatlashga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер