Oʻzbekiston jamoaviy dzyudo bahslarida bronza uchun kurashadi. Keyingi raqib juda kuchli

16:11 03 Avgust 2024 Sport
477 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Dzyudochilarimiz bugun aralash jamoaviy dasturda oʻz ishtiroklarini boshlashdi. Qurʼaga koʻra, hamyurtlarimiz 1/4 finalda Italiyaga qarshi bahs olib borishdi va 4:2 hisobida magʻlub boʻldi.

Dastlab, Murodjon Yoʻldoshev italiyaning mashhur kurashchisi Manuel Lombardoni taslim boʻlishga majbur etdi. Soʻngra, tatamiga -70 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Gulnoza Matniyazova Savita Russoni bitta vaza-ari bilan taslim etdi.

Keyingi bahs -90 kggacha boʻlgan bahsda 2022-yil Toshkentda oʻtkazilgan jahon chempionati finalidagi kabi Davlat Bobonov va Kristian Parlati oʻrtasidagi duelga guvoh boʻldik. Afsuski, Bobonov ippon evaziga magʻlub boʻldi.

Toʻrtinchi bahsda 78 kg vazn toifasida Parij Olimpiadasi chempioni boʻlgan italiyalik Alise Bellandi 70 kgdagi Irisxon Qurbonboyeva bilan bellashdi va ikkita vazari evaziga magʻlub boʻldi.

100 kgadan ogʻir vaznda bronza medaliga ega chiqqan Alisher Yusupov Jennaro Pirelliga yutqazib qoʻydi. Eng soʻnggi umid -57 kg vazn toifasida Shukurjon Aminova edi. U Veronika Toniologa shidolar evaziga yutqazdi. Shu tariqa, Oʻzbekiston oʻtish bahsida bronza uchun qatnashadigan boʻldi.

Shu tariqa bronza uchun oʻtish bahsida yurtdoshlarimiz Janubiy Koreyaga qarshi tatamiga chiqadi.

“Xalq soʻzi” dzyudochilarimizga aralash jamoaviy bahslarda ham omad tilaydi.

Avvalroq, Anna Prakaten Olimpiada oʻyinlarini 11-oʻrinda yakunlagani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер