Oʻzbekiston jamoasi “Yoʻl patruli” xalqaro musobaqasida rekord natija bilan mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi
Qoʻqon mezbonlik qilgan ArMI – 2020 xalqaro Armiya oʻyinlarining “Yoʻl patruli” bahsida Vatanimiz sharafini himoya etgan yurt oʻgʻlonlari birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi va bu natija Oʻzbekiston jamoasi oʻzining musobaqa tarixidagi eng yuqori natijasini qayd etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Bir necha kun davom etgan murosasiz bellashuvlarda Mudofaa vazirligi harbiy avtomobil nazorati xodimlari Rossiya hamda belaruslik raqiblaridan har tomonlama ustun ekanliklarini namoyish etishdi. Kapitan Mansurjon Akobirov, serjantlar Siddiq Aʼzamov, Farhod Musayev Makarov pistoleti va avtomatdan oʻq otish, ekstremal boshqarish va yoʻl harakati hodisasi paytida sodir boʻlishi mumkin oʻt oʻchirish hamda jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish shartlarini bajarish jarayonida oʻz mahoratlarini namoyish etishdi.
Dasturga koʻra jamoalar vakillari soʻnggi ikki shart – avtomobil shinalarini almashtirish va yoʻl harakatini boshqarish (konkursdan tashqari) borasida bahs olib bordi. Kichik serjant Muzaffar Tulyabayev va katta leytenant Jamoliddin Egamberdiyev juftligi 1 daqiqa 14 soniyada avtomobil shinasini almashtirib, oʻzlariga topshirilgan vazifani aʼlo darajada bajarishdi. Serjant Joʻrabek Qodirov, Aleksey Serebrov (Rossiya Federatsiyasi) va Aleksandr Sheglov (Belarus Respublikasi) yoʻl harakatini boshqarish shartida eng yaxshi inspektorlar sifatida oʻzlarini koʻrsatishdi.
Qayd etilgan natijalarga yakuniga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi birinchi, Rossiya Federatsiyasi ikkinchi, Belarus Respublikasi uchinchi oʻrindan joy oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring