Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasining raqiblari maʼlum
Bugun, 10-noyabr kuni 2026-yil Tailandda boʻlib oʻtadigan 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati musobaqasiga qurʼa tashlandi.
Qurʼa natijalariga koʻra, Vladimir Panov boshchiligidagi Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Janubiy Koreya va Iordaniya yoshlar terma jamoalari bilan birgalikda “B” guruhidan oʻrin oldi.
Qizigʻi, Iordaniya terma jamoasi ushbu musobaqaning saralash bosqichida ham Oʻzbekiston bilan bir guruhda ishtirok etgandi.
Qurʼadagi toʻliq natijalar bilan quyidagi rasm orqali tanishishingiz mumkin:

Eslatib oʻtamiz, ushbu musobaqa 2026-yilning aprel oyida Tailandda boʻlib oʻtadi. Mazkur turnirda yarim finalga qadar yetgan 4 ta terma jamoa kelgusi yil Polshada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga yoʻllanma oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring