Oʻzbekiston velosportchilari AQSHdagi xalqaro poygada ishtirok etmoqda
Velosport boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining asosini tashkil etuvchi “Tashkent City Women Professional Cycling Team” klubi AQSHda start olgan “Tour of the Gila Women” xalqaro musobaqasidagi ishtirokini boshladi.
Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, unda Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Madina Qahhorova, Margarita Misyurina hamda Nafosat Koziyeva yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
Koʻp kunlik poyganing birinchi bosqichida sportchilar Silver Siti hamda Mogollon shaharlari oraligʻidagi 114,4 kilometr masofani bosib oʻtishdi. Qiziqarli kechgan bahslarda Olga Zabelinskaya toʻqqizinchi, Yanina Kuskova oʻn birinchi boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtishdi. Qolgan hamyurtlarimiz esa yetakchilarga katta farq bilan imkoniyatni boy bergan. Bugun ishtirokchilar Fort Boyard mavzesi atrofidagi 119,3 kilometrni bosib oʻtadilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring