Oʻzbekiston va Yaponiya madaniy merosni saqlash loyihasini amalga oshirmoqda
Foto: Халқ сўзи
Joriy yilning 15-noyabr kuni Yaponiya hukumati bilan qiymati 400 ming dollarga yaqin boʻlgan “Oʻzbekiston Respublikasida Buyuk Ipak Yoʻli madaniy merosi arxivlarini saqlash va raqamlashtirish” loyihasi boʻyicha Almashuv notasi va Grant bitimini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Amalga oshirilayotgan loyiha Ipak Yoʻli boʻylab topilgan noyob madaniy boyliklarni asrab-avaylashga koʻmaklashish, ularni himoya qilish ishlari samaradorligini oshirish, Oʻzbekiston madaniyati rivojiga katta hissa qoʻshish, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi madaniy-gumanitar hamkorligining timsoliga aylanishga qaratilgan.
Ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganining 30 yilligiga bagʻishlangan ushbu loyiha doirasida Oʻzbekistonda yapon texnologiyalari va madaniy meros obyektlari va predmetlarini saqlash boʻyicha tajribasini joriy etish koʻzda tutilgan.
Xususan, Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, Oʻzbekiston davlat tarix muzeyi va Termiz arxeologiya muzeyiga kolleksiyalar va eksponatlarni asrash uchun uskunalar, shuningdek raqamli arxivlash uchun zarur uskunalar, shu jumladan 3D skanerlar, 360 darajada suratga oladigan kameralar va boshqa jihozlar topshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring