Oʻzbekiston va Rossiyada terroristik guruh aʼzolari ushlandi
Videodan kadr
Oʻzbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar xalqaro terrorchi tashkilot aʼzolarini qoʻlga oldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda oʻtkazilgan faol tadbirlar natijasida Rossiya Federatsiyasida 7 nafar va Oʻzbekiston hududida 2 nafar xalqaro terrorchilik tashkilot aʼzolari qoʻlga olingan.
Mazkur shaxslar Rossiya Federatsiyasi hududida boʻlgan vaqtida diniy ekstremistik oqim taʼsiriga tushib, xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etgan va oʻz saflarini turli davlatlardan kelgan mehnat muhojirlarini yollash hisobidan kengaytirish bilan shugʻullangan.
Ular yashirin yigʻilish tashkil etib, Telegram messenjeri orqali videokonferensiya yoʻli bilan “umumjahon xalifaligi” deb ataluvchi doktrina asosida tizimli oʻqitish va terrorchilik tashkilotiga jalb qilish ishlari amalga oshirilgan. Ularning bu faoliyati xorijdagi gʻoyaviy maslakdoshlari tomonidan muvofiqlashtirib borilgan.
Toʻplangan materiallar asosida Rossiya Tergov qoʻmitasi tomonidan ularga nisbatan terroristik tashkilot faoliyatini tashkil etish va unda ishtirok etish boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
DXX tomonidan Qashqadaryo viloyatida oʻtkazilgan faol tadbirlar natijasida aynan shu jamoatning yana 2 nafar aʼzosi qoʻlga olingan.
Aniqlanishicha, bu shaxslar ham Rossiyadagi yashirish jamoat aʼzolari tomonidan Telegram messenjerida tashkil etilgan virtual guruhlarga aʼzo boʻlib, xalqaro terrorchilik tashkilotining aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan va amaldagi siyosiy tuzumni konstitutsiyaga zid ravishda oʻzgartirishni targʻib qiluvchi materiallarini tarqatib kelgan.
Shuningdek, ularning yashash xonadonlari koʻzdan kechirilganda, 4 ta uyali aloqa vositasi, 3 dona ekstremistlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan adabiyotlar, 2 ta flesh xotira va 1 ta xorijiy davlatga tegishli boʻlgan sim karta daliliy ashyolar sifatida olindi hamda ekspertizadan oʻtkazish uchun tegishli tashkilotlarga yuborilgan.
Hozirda hibsga olingan shaxslarga nisbatan tergov va tergovga qadar harakatlar olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring