O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari badiiy ko‘rgazma bilan tanishdilar

20:39 29 Mart 2025 Siyosat
199 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaota shahriga tashrifning madaniy dasturi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan birgalikda Abilxon Kasteyev nomidagi Milliy san’at muzeyiga tashrif buyurdi.

Xalq rassomlari – qozoq tasviriy san’ati asoschisi Abilxon Kasteyev va o‘zbek rangtasvir ustasi O‘rol Tansiqboyev asarlari tomosha qilindi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston va Qozog‘iston boy badiiy merosining yorqin ifodasi, ikki qardosh xalq o‘rtasidagi mustahkam madaniy aloqalarning ramzi bo‘ldi.

Davlat rahbarlari san’at sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, madaniy muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер