Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi
25-yanvar kuni Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov tashrif bilan mamlakatimizda boʻldi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” kurort majmuasida Qirgʻiziston Prezidenti bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi.
Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.
Qirgʻiziston Prezidenti togʻ-changʻi majmuasida yaratilgan sharoitlar va uning jahonning yuksak standartlariga mos zamonaviy infratuzilmasini yuqori baholadi.
Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda mamlakatlarimizning noyob geolandshafti va xilma-xil tabiatini hisobga olgan holda kurort-rekreatsiya markazlarini tashkil etishga qaratilgan qoʻshma loyihalarni ilgari surishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring