Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi parlamentlararo komissiyasining beshinchi majlisi Samarqandda boʻlib oʻtdi
2025-yil 12-may kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda ikki mamlakat oʻrtasidagi bugungi munosabatlar holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda, xususan, parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish masalasi asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda madaniy-gumanitar sohadagi almashinuvni kuchaytirish uchun parlament diplomatiyasining imkoniyatlaridan keng foydalanish zarurligini qayd etdi.

Komissiya hamraisi, Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev ikki davlat rahbarlarining yaqin yillarda olib borgan faoliyati tufayli siyosiy ishonch mustahkam asosga ega boʻlganini taʼkidladi. Shuningdek, parlamentlar davlatlararo aloqalarning strategik rivojlanishiga xizmat qilishi lozimligi taʼkidlandi.
Uchrashuvda qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy va madaniy loyihalarni qoʻllab-quvvatlash kabi masalalar ham alohida eʼtiborga olindi. Umumiy tarixiy va madaniy merosni asrab-avaylash, taʼlim sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish va gumanitar sohadagi aloqalarni yanada rivojlantirish boʻyicha fikr almashildi.

Turizm sohasi ham kun tartibida boʻldi. Xususan, transchegaraviy sayyohlik yoʻnalishlarini rivojlantirish, sayyohlar uchun tartiblarni soddalashtirish va turizm infratuzilmasiga sarmoya kiritishni ragʻbatlantirishda parlament darajasida koʻmak zarurligi taʼkidlandi. Bu borada qonun chiqaruvchi organlarning roli alohida ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Majlis yakunida parlament aʼzolari ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirar ekan, parlamentlararo muloqot bundan buyon ham yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro ishonch va xalqlar manfaatlarini himoya qilish yoʻlida muhim vosita boʻlib qolishiga ishonch bildirishdi. Tadbir doirasida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston delegatsiyalari rahbarlari Samarqanddagi Kongress markazining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekib, doʻstlik timsolini yaratdilar.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring