Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikalari elektr energiyasini oʻzaro tovar ayirboshlaydi
Foto: Arxiv surat
Taʼkidlash kerakki, Markaziy Osiyo davlatlari energetika tizimi, xususan, Qirgʻiz va Oʻzbekiston Respublikalari energetika tizimi parallel ravishda ishlaydi.
Shuni hisobga olgan holda ikki mamlakat energetika kompaniyalari oʻrtasidagi kelishuvga asosan, elektr energiyasini yetkazib berish oʻzaro tovar ayirboshlash (olgan miqdori hajmida qaytarish) sharti bilan amalga oshiriladi.
Shunga asosan, 2023-yil bahor mavsumida Oʻzbekistondan Qirgʻiz Respublikasiga (ichki isteʼmol past davrda) 150 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan.
Oʻz navbatida, kelishuvga asosan, ushbu hajmdagi elektr energiyasini Qirgʻiz Respublikasi Oʻzbekistonga yoz mavsumida qaytaradi. Shu bilan birga, Qirgʻiz Respublikasi mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi uchun shu davrda Norin daryosi orqali suv yetkazib beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi arzimagan mablagʻ evaziga Qirgʻiz Respublikasiga katta miqdorda elektr energiyasi yetkazib bergani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar shu jihatdan mutlaqo asossizdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring