Oʻzbekiston va Ozarbayjon kinoijodkorlari hamkorlikda Maqsud Shayxzoda haqida film suratga oladi
Shu kunlarda Ozarbayjonda “Oʻzbekiston fan va madaniyati kunlari” boʻlib oʻtmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi va Ozarbayjon Kinematografiya agentligi oʻrtasida oʻzbek xalqining sevimli shoiri, yozuvchi, dramaturgi, zabardast olim sifatida dong taratgan Maqsud Shayxzoda haqida film yaratish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuv madaniyat kunlarining muhim voqeligi boʻldi. Memorandum Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi kinematografiya agentligi direktori Oʻrxan Fikret oʻgʻli tomonidan imzolandi.
— Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yilda mamlakatimiz tarixiy shaxslari hayoti va ijodiga bagʻishlangan 50 ta loyihadan iborat “Tirik tarix” turkumi ostida filmlar yaratish tashabbusini ilgari surdi. 7-yilga moʻljallangan dastur loyihasiga kiritilgan filmlardan biri “Maqsud Shayxzoda” qoʻshma kinoloyihasidir. Ishonamizki, ushbu kinomahsulotlar Oʻzbekiston va Ozarbayjon xalqlari qalbidan joy oladi va xalqlarimiz oʻrtasidagi umumiy madaniy aloqalarini mustahkamlashga hissa qoʻshadi, — dedi Firdavs Abduxoliqov.
— Oʻzbek kinosidagi yangiliklar, islohotlar bizni ham juda xursand qilmoqda hamda aynan oʻzbek oʻzbek milliy filmlariga boʻlgan qiziqishimiz ortmoqda. Albatta, milliy kinematografiyangizdagi bunday ijobiy islohotlar Prezidentingizning eʼtibori va koʻmagi tufayli. Oʻzbekiston kinoijodkorlari bilan hamkorlikda ushbu filmdan tashqari yana boshqa mavzularda ham qoʻshma loyihalar ishlash rejamizda bor, — deb taʼkidladi Oʻrxan Fikret oʻgʻli.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring