Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedovning tor doiradagi muzokaralari boʻlib oʻtdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
17-noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu davlat tashrifi so‘nggi yillarda namunali tus olgan O‘zbekiston – Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi.
Barcha sohalarda erishilayotgan ijobiy sur’at va faol aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari, shuningdek, madaniy tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Tashrif arafasida Urganch hamda Toshkentda o‘tkazilgan Turkmaniston madaniyati kunlari va filmlari namoyishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
O‘tgan yili tovar ayirboshlash 1 milliard dollardan oshdi. Yuk tashish hajmi ortib bormoqda, jumladan, Turkmanboshi portidan foydalanish faollashgan.
Muzokaralarda o‘zaro savdoni ko‘paytirish va sanoat, energetika, transport, mashinasozlik, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida samarali kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Hududlararo almashinuvlarni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Xiva shahrida uchinchi Hududlar forumini o‘tkazishga kelishib olindi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring