Oʻzbekiston va Ozarbayjon hamkorligida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish taklifi bildirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ozarbayjonga davlat tashrifi arafasida Boku shahrida ikki mamlakatning 250 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtdi. Unda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining vakillari ham ishtirok etdi.
Forumda energetika, metallurgiya, shaharsozlik, farmatsevtika, elektrotexnika, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati, shuningdek, neft va gaz sanoati hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari sifatida belgilandi. Oʻzbekiston — Ozarbayjon investitsiyaviy kompaniyasi koʻmagida metall buyumlar, farmatsevtika mahsulotlari, maishiy texnika va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalar tashkil etish boʻyicha aniq takliflar bildirildi.
2022-yilda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 2,5 million dollarlik farmatsevtika mahsulotlari Ozarbayjonga eksport qilingan boʻlsa, 2023-yilning birinchi yarim yilligida bu koʻrsatkich 128 foizga oshgan. 2024-yilda eksport hajmini 4 million dollarga yetkazish kutilmoqda.
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (Oʻzbekiston) va Eksport va investitsiyalarni ragʻbatlantirish agentligi (Ozarbayjon) bilan farmatsevtika sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Oʻzbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar eʼtirof qilindi. Shu maqsadda ikki davlat tadbirkorlarini jalb qilgan holda Ozarbayjonda insulin, antibiotiklar, yuqori texnologiyali tibbiy texnika ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish takliflari bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring