Oʻzbekiston va Xitoy “yashil” rivojlanish sari
Toshkent shahridagi “Hilton” mehmonxonasida 24-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ hamda Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi oʻrtasida xalqaro hamkorlikka yangi sahifa ochuvchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida tomonlar XXI asrning “yashil” iqtisodiyotiga oʻtishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan sohalar — yaʼni qayta tiklanuvchi energetika, elektromobillar va yuqori texnologiyali sanoat uchun zarur boʻlgan strategik xomashyolar — texnologik metallar boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Hamkorlik doirasida geologiya-qidiruv ishlarini qoʻllab-quvvatlash, mineral resurslar zaxiralarini aniqlash, sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish va texnologik jarayonlarga innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama markazida boʻldi.
Xitoy delegatsiyasi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, ochiqlik siyosati va barqaror investitsion muhitni yuksak baholar ekan, salohiyatli loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.
Uchrashuv davomida “Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Xususan, 2025–2026-yillarga moʻljallangan 2,6 milliard dollarlik 71 ta loyiha toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Ushbu tashabbuslar doirasida texnogen chiqindilarni qayta ishlash, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va ilgʻor texnologiyalar transferi boʻyicha innovatsion yechimlar taklif etildi.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi, AQSH, Janubiy Koreya va Osiyo taraqqiyot banki bilan ham strategik hamkorlik kelishuvlari imzolangani qayd etildi.
Yigʻilish yakunida tomonlar “yashil” minerallar zanjiri — yaʼni tadqiqotdan tortib sanoat ishlab chiqarishgacha boʻlgan barcha bosqichlarda uzviy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar. Bu esa nafaqat ikki mamlakat manfaatlariga, balki global ekologik barqarorlik va texnologik taraqqiyot maqsadlariga ham xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring