Oʻzbekiston va Kanada hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi
Shu yilning 2-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva Kanadaning yangi tayinlangan elchisi Alan Xemson bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat avvalida Senat Raisi elchini yuksak va masʼuliyatli vazifaga tayinlangani munosabati bilan samimiy qutlab, uning kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston va Kanada oʻrtasidagi konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, parlamentlararo muloqot darajasini oshirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarda savdo-iqtisodiy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi, togʻ-kon, energetika, neft-gaz sanoatida istiqbolli loyihalarni yoʻlga qoʻyish lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, ilmiy-texnikaviy, jumladan, taʼlim sohasidagi aloqalarni rivojlantirish, turizm, ekologiya va atrof muhit muhofazasi yoʻnalishlarida hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzaro munosabatlarning yana bir muhim yoʻnalishi sifatida hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratildi. Bunda ikki mamlakatning shaharlari oʻrtasida birodarlashgan aloqalarni oʻrnatish muhimligi taʼkidlandi.
Parlamentlararo munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlarining tegishli qoʻmitalari oʻrtasida oʻzaro tashriflarni tashkil etish orqali yaqin hamkorlik oʻrnatish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida diplomat mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarning bundan keyin ham yanada rivojlanishi uchun bor imkoniyat va salohiyatini ishga solishini bildirib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring