Oʻzbekiston va Italiya jinoyatchilikka qarshi hamkorlik qiladi

Oʻzbekiston va Italiya ichki ishlar vazirlari Poʻlat Bobojonov va Matteo Pyantedozi ikki davlat oʻrtasida sohaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida uchrashuv oʻtkazdilar.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Italiya Respublikasiga rasmiy tashrifi (2023-yil 8-9-iyun) yakuni boʻyicha imzolangan “Yoʻl xaritasi“ning ijrosi boʻyicha Italiya tomonining taklifiga binoan amalga oshirildi.
Uchrashuvda tomonlar 2023-yil iyun oyida Rim shahrida imzolangan Oʻzbekiston va Italiya hukumatlari oʻrtasida ichki ishlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim ijrosini, shuningdek terrorizm, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi hamda boshqa turdagi transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligi boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish, huquq-tartibot hamda raqamli texnologiyalarni sohaga tatbiq etishda idoralararo muvofiqlashtirish mexanizmini yaratish hamda oʻzaro tajriba almashish, shuningdek koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi masalalarni muhokama qildilar.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuvda oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish borasida istiqbolli vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, Italiya davlatiga tashrif jarayonida Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Italiya Davlat politsiyasi hamda Milliy politsiya Akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring