Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasida ot sporti boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

10:46 04 Aprel 2022 Sport
970 0

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sport federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev hamda Italiya ot sporti federatsiyasi rahbari Marko di Paolo oʻzaro hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Ushbu kelishuvda hamkorlik xalqaro darajada olib borilishi koʻrsatilgan. Onlayn oʻtgan mazkur tadbirda Oʻzbekistonning Italiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Otabek Akbarov ham qatnashdi.

Tadbir doirasida Italiya tomoni Bahromjon Gaziyev boshchiligidagi delegatsiyamizni joriy yilning 25-29-may kunlari Siyena shahrida oʻtadigan xalqaro musobaqa hamda 15-25-sentyabr sanalarida uchkurash va drayving boʻyicha oʻtadigan jahon chempionatiga taklif etdi. 

Oʻz navbatida, mamlakatimiz tomoni ham aprel oyida Toshkentda oʻtadigan konkur boʻyicha xalqaro musobaqada Marko di Paoloni faxriy mehmon sifatida koʻrishdan mamnun ekanini bildirdi.

Hamkorlik kelishuviga koʻra, oʻzbekistonlik chavandozlar Italiyadagi eng yaxshi bazalardan biri “Pratoni Eventing – Ranieri” ot sporti klubi va ushbu davlat hududida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazishi, musobaqalarda ishtirok etishi mumkin.

Shuningdek, tomonlar yirik ot zavodlari faoliyatida ham hamkorlik qilish boʻyicha keluvga erishdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?