Oʻzbekiston va Gruziya hamkorligida qoʻshma filmlar yaratiladi
Oʻzbekiston va Gruziya hamkorligida qoʻshma filmlar yaratiladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 10-iyul kuni “Oʻzbekiston madaniyati va kino kunlari” doirasida Gruziya madaniyat va sport vaziri Tea Sulukiani xonim hamda Oʻzbekiston madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida soʻnggi yillarda Oʻzbekiston bilan Gruziya oʻrtasidagi hamkorlik barcha sohalar qatori madaniyat va sanʼat sohasida ham tobora rivojlanib borayotgani hamda 9-12-iyul kunlari Gruziyada boʻlib oʻtayotgan “Oʻzbekiston madaniyati va kino kunlari” madaniy hamkorlik namunasi ekani taʼkidlandi.
Uchrashuv davomida, hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi takliflar koʻrib chiqildi:
- kino sohasida hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshma filmlar yaratish;
- madaniyat va sanʼat festivallarida muntazam ishtirok etish amaliyotini davom ettirish;
- ikki davlat filarmoniyalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
- Oʻzbekiston va Gruziya ijodiy jamoalari oʻrtasida tajriba almashish dasturlarini tashkil etish;
- madaniyat sohasidagi oliy oʻquv yurtlari, teatrlar, shuningdek, musiqa maktablari va madaniyat markazlarida mahorat darslari oʻtkazish uchun oʻqituvchilar va rassomlarning oʻzaro tajriba almashinuvini tashkil etish.
Ushrashuv yakunida, Bahodir Ahmedov Gruziya madaniyat va sport vaziri Tea Sulukianini “Sharq taronalari” XIII xalqaro festivaliga taklif etib, maxsus taklifnomalarni topshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring