Oʻzbekiston va Germaniya tibbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirmoqda
Foto: Illustrativ foto
Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi 12-19-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Germaniyada boʻlib turibdi.
Delegatsiya vakillari Germaniyaga tashrif doirasida “Aesculap” rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot natijasida “Aesculap” akademiyasida 10 nafar oʻzbekistonlik jarrohlar orasidan yetakchi professional trenerlarni tayyorlash va Toshkent shahrida “Aesculap” akademiyasi filialini ochish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Ushbu kelishuvlar oʻzbekistonlik tibbiyot mutaxassislari uchun oʻz malakasini oshirish, tibbiyot sohasidagi ilgʻor uslub va texnologiyalarni oʻzlashtirishda beqiyos imkoniyat taqdim etadi. Shuningdek, oʻzbekistonlik boʻlgʻusi tibbiyot xodimlari va mutaxassislarga sohaning dunyodagi yetakchi akademiyasida taʼlim olish, jahon standartlariga javob beradigan asbob-uskunalar va texnologiyalardan foydalanishni oʻrganish uchun sharoit yaratadi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida mazkur akademiyaning 11 ta boʻlimini ochish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring