Oʻzbekiston va Germaniya ikki tomonlama hamkorlikni jadal rivojlantirishga tayyor

Joriy yilning 2-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi arafasida Berlin shahrida qoʻshma biznes-forum boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakat 250 dan ortiq yirik kompaniyalari, xoldinglari va sanoat korxonalari, banklari, vazirliklari, idoralari va sanoat birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Jamshid Xodjayev oʻz qutlov nutqida soʻnggi yillarda Oʻzbekiston bilan Germaniya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar faol rivojlanib borayotganini, bunga ikki davlat rahbarlarining ishonchi va siyosiy irodasi tufayli erishilganini alohida taʼkidladi.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmining oʻsishi kuzatildi, soʻnggi 5 yil ichida bu koʻrsatkich ikki baravar oshdi. 2022-yil yakuniga koʻra ikki tomonlama savdo koʻrsatkichlari yana 50 foizga koʻpaydi va birinchi marta 1 milliard yevrodan oshdi.
Sarmoyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasida ham izchil dinamika kuzatilmoqda. Oʻzbekistonda Germaniya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni bir necha yil ichida qariyb 3 barobar koʻpayib, 200 tadan oshdi. 2017-yildan beri oʻzlashtirilgan nemis investitsiyalarining umumiy miqdori 11 barobar oʻsdi va bugungi kunda 4 milliard yevrodan ortiqni tashkil etmoqda. Germaniyaning MAN, CLAAS, Knauf, GP Papenburg, Viessmann, Deutsche Kabel, LEMKEN kabi koʻplab kompaniyalari Oʻzbekistonda allaqachon faol va juda muvaffaqiyatli biznes yuritib, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirmoqda.
Germaniya ishbilarmon doiralarining eʼtibori mamlakatimizda xorijiy investorlarning qulay mehnat qilishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, Oʻzbekiston iqtisodiyotining kuchli tomonlariga qaratildi. Jumladan, kadrlarning salohiyati, mamlakatimizning strategik geografik joylashuvi, MDH davlatlari bilan erkin savdo rejimlari, GSP+ benefitsiari maqomi, Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha faollik bilan olib borilayotgan ishlar, boy xomashyo resurslari hamda mamlakatimiz Rahbariyati va hukumatining qoʻshma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni bevosita qoʻllab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.
Energetika, kimyo, oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati, metallurgiya, avtomobilsozlik, qishloq xoʻjaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, elektrotexnika, shuningdek, farmatsevtika va sogʻliqni saqlash sohalari uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishning eng istiqbolli yoʻnalishlari sifatida taklif etildi.
Germaniya biznesi vakillari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasini, jumladan, mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun qulay mehnat sharoitlari yaratilganini yuqori baholadi. Hamkorlikni oshirish, yangi qoʻshma loyihalarni ishlab chiqishga qatʼiy niyatlari borligi bildirildi.
Forum dasturi “B2B” muzokaralari hamda Oʻzbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlari kesimidagi aniq misollar va loyihalar taqdimoti bilan davom etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring