Oʻzbekiston va Fransiya Senatlari oʻrtasida parlamentlararo hamkorlik boʻyicha guruhlarning onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Fransiya Respublikasi parlamenti Senati oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik boʻyicha guruhlarning onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston–Fransiya hamkorligi strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi. Bu yuqori darajadagi tashriflar hamda yirik qoʻshma loyihalar amalga oshirilayotgani bilan izohlandi. Iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va qator tarmoqlarda oʻzaro aloqalarni rivojlantirish yuzasidan ham fikr almashildi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan qoʻshma tashabbuslar va taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirishning muhim ahamiyati qayd etildi.
Fransuz tilini oʻrganishga qiziqish tobora ortib borayotgani, shuningdek, ikki mamlakat oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida hamkorlik izchil kengayib borayotgani taʼkidlandi.
Turistik aloqalarni jonlantirish, qoʻshma turizm forumlari va madaniy tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha takliflar bildirildi.
Uchrashuv yakunida parlamentlararo hamkorlik boʻyicha guruhlar faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish, ularning har yili kamida bir marta qoʻshma yigʻilishlarini oʻtkazish hamda navbatdagi yigʻilishni Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring