Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida elektron sertifikatlashtirish tizimi boʻyicha hamkorlik oʻrnatiladi

2024-yil 18-dekabrda Prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Oʻzbekiston va Belarus Hukumatlari oʻrtasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirishning elektron tizimlarini oʻzaro qoʻllash toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi. Aytish mumkinki, mazkur bitim 2024-yil 8-fevralda Toshkent shahrida imzolangandi.
Bitimning maqsadi — ikki davlat oʻrtasida savdo jarayonlarini soddalashtirish, tovarlarning kelib chiqishi boʻyicha maʼlumotlarning shaffofligi va ishonchliligini taʼminlashdir. Ushbu kelishuv savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim qadam boʻlib, eksport-import jarayonlarini yengillashtiradi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qoʻmitasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar sifatida belgilandi. Ular bitim shartlarini bajarilishini taʼminlab, elektron sertifikatlashtirish tizimining toʻgʻri va samarali ishlashini nazorat qiladi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirlik hamda idoralarning rahbarlari xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amaliyotga toʻliq tatbiq etilishini nazorat qiladi. Bunday tashabbus savdo sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Ushbu bitim ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochib berishi kutilyapti. Bu elektron tizim orqali tovarlarning kelib chiqishi boʻyicha hujjatlarni tezkor, aniq va ishonchli tarzda rasmiylashtirishni taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring